«Marsel» «Bavariya» futbolchisi bilan aloqada
«Bavariya»ning o‘ng qanot himoyachisi Sasha Boe «Marsel»ning radarida qolmoqda.
Fransuz klubi “Yuventus”dan Timoti Veani sotib olishga yaqin turibdi, biroq kelishuv amalga oshmasa, «B rejasi” bor. Jurnalist Fabris Xokinsning fikricha, agar Vea transferi amalga oshmasa, provansliklar Boe transferiga o‘tadi. «Marsel» vakillari 24 yoshli fransuz bilan aloqani davom ettirishmoqda.
Sasha Boe 2024/25 yilgi mavsumda «Bavariya» tarkibida 21 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/