Rasman! Arnautovich Serbiya chempionatiga yo‘l oldi

Serbiyaning «Srvena Zvezda» klubi Avstriya terma jamoasi hujumchisi Marko Arnautovich bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Bugun, 21 iyul kuni Arnautovich Belgrad klubi bilan 2027 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi. Hujumchi «Srvena Zvezda» safida 89-raqam ostida o‘ynaydi.

Avvalroq 36 yoshli Marko Arnautovich “Inter”, “Verder”, “Vest Xem” va boshqa bir qator klublarda o‘ynagan. Iyul oyi boshidan u erkin agent maqomiga ega. Arnautovich Avstriya terma jamoasi safida 125 ta o‘yin o‘tkazib, 41 ta gol urgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter