Mbeumo – «Brentford» tarixidagi eng qimmat sotuv transferi bo‘ldi
«Brentford» Brayan Mbeumoning «Manchester Yunayted»ga o‘tganini rasman e’lon qildi va bu kelishuv klub tarixidagi eng yirik sotuv bo‘lganini ta’kidladi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, mankunianliklar kamerunlik hujumchi uchun 65 million funt to‘laydi, yana olti million funt bonus sifatida beriladi.
O‘tgan mavsumda Mbemo «asalarilar»ning asosiy figuralaridan biriga aylandi: barcha turnirlarda 42 o‘yinda u 20 ta gol urdi va to‘qqizta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/