Messi MLSda so‘nggi 7 ta o‘yinda 17 ta golda qatnashdi

Lionel Messi so‘nggi bir necha oy ichida MLSda ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Bugun 38 yoshli hujumchi navbatdagi dublini rasmiylashtirdi, shuningdek, uning hisobida bitta samarali pas bor. Mayamiliklar «Nyu-York Red Bullz»ni 5:1 hisobida mag‘lub etdi.

Shu tariqa, argentinalik futbolchi so‘nggi yettita o‘yinda jamoasining 17 ta golida bevosita ishtirok etdi – 12 ta gol va 5 ta golli uzatma. Bir o‘yinda o‘rtacha 2,4 ta golli harakat.

Messi «Neshvill» a’zosi Sem Sarrij bilan birga MLSning joriy mavsumdagi to‘purarlar reytingida yetakchilik qilmoqda – ikkalasi ham 18 ta gol urgan, ingliz 24 ta, Messi esa 18 ta uchrashuv o‘tkazgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter