Di Mariyaning goli jamoasiga g‘alaba keltirdi
Argentina chempionatining 2-turida «Rosario Sentral» safarda «Lanus»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Yagona gol 74-daqiqada Anxel Di Mariya tomonidan penaltidan kiritildi. 37 yoshli forvard Argentina klubiga qaytganidan keyingi dastlabki ikki o‘yinda ikkinchi golni urdi. 71-daqiqada mezbonlar Karlos Iskiyerdosning chetlatilishidan keyin 10 kishi bo‘lib qoldi.
Keyingi turda «Rosario Sentral» 26 iyul kuni «San-Martin», «Lanus» esa shu kuni «Sarmyento»ga qarshi maydonga tushadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/