«Manchester Yunayted» «Chelsi» hujumchisi bo‘yicha ma’lumot so‘radi
«Chelsi» hujumchisi Nikolas Jekson «Manchester Yunayted» e’tiborida qolmoqda.
Bu yozda London klubi hujumchilar Liam Delap va Joao Pedro bilan shartnoma imzolagandi, shu bois 24 yoshli senegallikning sotilishi ehtimoldan xoli emas. Insayder Fabrisio Romanoning yozishicha, «Chelsi» vakillari «Manchester Yunayted»ga Jeksonga qo‘yiladigan talablar haqida ma’lumot bergan. «Qizil iblislar» futbolchi nomzodini muhokama qilishda davom etmoqda, ammo hozirgi tarkibdan kimnidir sotmaguncha, aniq muzokaralarni boshlashi dargumon.
Transfermarkt ekspertlari Nikolas Jeksonning narxini 50 mln yevroga baholamoqda. 2024/25-yilgi mavsumda futbolchi 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va oltita golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/