«Fenerbaxche»ning yangi futbolchisi: «Mourinyo bilan tez chiqishib ketamiz»
«Fenerbaxche»ning yangi a’zosi klub murabbiyi haqida fikr bildirdi.
Chap qanot himoyachisi Archi Braun Joze Mourinyo bilan munosabatlari haqida gapirdi. Angliyalik futbolchining so‘zlariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan biri hisoblanadi.
«Joze Mourinyo juda mehribon va muloqotga ochiq. Biz oson til topishib ketamiz. Men yaxshiroq bo‘lish uchun dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan biri bilan ishlayapman,» – dedi Braun.
Braun «Fenerbaxche» safiga 12 iyul kuni «Gent»dan kelib qo‘shilgan edi. Transfer 8 mln yevroga tushgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/