Ederson «Al-Hilol» yoki «An-Nasr»ga o‘tishi mumkin

«Atalanta» klubi markaziy yarim himoyachisi Ederson Lourenso faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Rudi Galettining ta’kidlashicha, Saudiya Arabistoni suveren fondi «Atalanta» bilan Edersonning ehtimoliy transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlagan. Futbolchi «Al-Hilol» yoki «Al-Nasr»ga o‘tishi mumkin.

Qayd etilishicha, «Atalanta» Edersonni 60 million yevroga baholamoqda, biroq bonuslarni hisobga olgan holda bu summaga erishilgan taqdirda ham bitim yopilishi mumkin. Shu bilan birga, Yevropaning ba’zi yirik klublari ham 26 yoshli braziliyalikni kuzatib bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter