Ronaldu yangi mavsumda «An-Nasr»ning kamida 25 foiz o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi
«An-Nasr» klubi va Portugaliya terma jamoasining yulduz hujumchisi Krishtianu Ronaldu yangi mavsumda ko‘plab o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.
Saudiyalik jurnalist Falah Al-Qahtoniyning ijtimoiy tarmoqdagi xabariga ko‘ra, 40 yoshli futbolchi portugaliyalik murabbiy Jorje Jezush bilan suhbatlashgan, shundan so‘ng ular futbolchining sog‘lig‘ini ahamiyatsizroq o‘yinlarda saqlashga qaror qilishgan.
Ronalduning yoshi kattaligini inobatga olib, murabbiy va futbolchi hujumchiga yuklamalarni diqqat bilan kuzatib borish kerak, deb hisoblamoqda. 2024/2025 yilgi mavsumda Krishtianu ortiqcha charchoq tufayli bir nechta o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.
Bunday hodisalarning oldini olish uchun hujumchi barcha o‘yinlarning kamida 25 foizini o‘tkazib yuborishga rozi bo‘ldi. Ronaldu jahon chempionatiga optimal formada yetib borish uchun jarohatlardan qochmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni chempionati 21 avgust kuni start oladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/