Due «Chelsi»ning darajasiga baho berdi

Fransiyaning «PSJ» klubi vingeri Dezire Due klublar o‘rtasidagi JCH-2025 finalidan o‘rin olgan Londonning «Chelsi» klubiga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Biz «Chelsi»ning darajasini juda yaxshi bilamiz, bu juda kuchli raqib. Ularning tarkibida zo‘r ijrochilar ko‘p. Finalga maksimal kayfiyat bilan chiqishga harakat qilamiz. Bu turnirning hal qiluvchi o‘yini, unda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Maqsadimiz sovrin yutib, uni Parijga olib ketish. Buning uchun bor kuchimizni ishga solamiz,» – deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Lequipe.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter