«Roma» braziliyalik futbolchi uchun qancha pul sarflashi ma’lum bo‘ldi

«Roma» Richard Rios uchun kurashda «Inter» va «Portu»ni ortda qoldirmoqda.

Corriera dello Sport xabariga ko‘ra, rimliklar «Palmeyras» yarim himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olishga juda yaqin turibdi. Tomonlar bitimning yakuniy summasi bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda.

Braziliyaliklar kafolatlangan to‘lov sifatida taxminan 20 million yevro, shuningdek, umumiy summa 25 million yevroga yetadigan bonuslar olishlari mumkin.

Shuningdek, Riosga «Inter» va «Portu» ham qiziqish bildirgan, ularning 17 mln yevrolik taklifi rad etilgandi.

Aniqlik kiritilishicha, futbolchi «Roma» bilan 5 yillik shartnoma imzolashi va bir mavsum uchun 2,5 mln yevro atrofida maosh olishi mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter