«Atalanta» markaziy himoyachisini «Nyukasl»ga sotishni istamadi
«Atalanta»ning italiyalik himoyachisi Jorjo Skalvini «Nyukasl»ga o‘tmaydi. Bu haqda jurnalist Sebastyen Vidal xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «Atalanta» o‘z himoyachisini sotmoqchi emas, chunki klubdagilar uni almashtirish juda qiyin bo‘lishiga ishonmoqda. Ta’kidlanishicha, klublar o‘rtasidagi muzokaralar davom ettirilmaydi.
Avvalroq, Skalvini «Nyukasl»ning joriy yozdagi asosiy transfer maqsadi ekani xabar qilingandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/