KO‘JCH o‘yinlari 1 daqiqalik sukut bilan boshlanadi
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining 1/4 final o‘yinlari halok bo‘lgan futbolchilar Diogu Jota va Andre Silva xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi. Bu haqda jurnalist va insayder Ben Jeykobs X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Ispaniyada sportchilar avtohalokatda halok bo‘ldi. Diogu Jota 28 yoshda, Andre Silva 25 yoshda edi. Jota bungacha Angliyaning «Vulverxempton», Portugaliyaning «Portu» va «Pasush de Ferreyra», Ispaniyaning «Atletiko» klublarida to‘p tepgan. Mersisaydliklar tarkibida Diyego Angliya Premyer-ligasi g‘olibi bo‘ldi, mamlakat kubogi va Angliya Liga kubogini qo‘lga kiritdi. Portugaliya terma jamoasi bilan hujumchi ikki marta Millatlar ligasida g‘olib chiqdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/