Italiya klubi bankrot bo‘ldi
«Breshia» barcha professional futbol ligalaridan chetlatilgan.
Bugun Italiya futbol federasiyasi jamoa C Seriya-2025/26 mavsumida ishtirok etish lisenziyasini qo‘lga kirita olmaganini rasman tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, klub xo‘jayini Massimo Chellino hisob raqamiga xodimlardan ish haqi bo‘yicha qarzdorlikni to‘lash uchun zarur bo‘lgan 3 mln yevroni kiritishni istamagan. Jamoa bankrot deb e’lon qilinganidan keyin havaskorlar ligasiga yo‘l oladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/