KO‘JCH. 1/4 finalning barcha juftliklari va o‘yinlar boshlanish vaqtlari bilan tanishing

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida 1/8 finalning so‘nggi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Madridning «Real» klubi Gonsalo Garsiyaning goli evaziga Turinning «Yuventus» klubini minimal hisobda mag‘lub etgan bo‘lsa, keyinroq Seru Girassining dubli evaziga Dortmundning «Borussiya» klubi Meksikaning «Monterrey» klubini yengdi (2:1). Shunday qilib, keyingi bosqichda «qaymoqranglilar» va «asalarilar» bir-biriga qarshi maydonga chiqadi.

KO‘JCH-2025 chorak finalining barcha o‘yinlar jadvali (Toshkent vaqti bilan):

«Fluminense» – «Al-Hilol» (4 iyul, 23:59);

«Palmeyras» – «Chelsi» (5 iyul, 06:00);

«PSJ» – «Bavariya» (5 iyul, 21:00);

«Real» Madrid – «Borussiya» Dortmund (6 iyul, 01:00).

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter