Del Pyero klublar o‘rtasidagi jahon chempionati muhitidan zavqlanyapti
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati muntazam tanqid qilinsa-da, italiyalik sobiq hujumchi Alessandro Del Pyero o‘zini hozirda ilk bor yangi formatda o‘tkazilayotgan ushbu musobaqaning muxlisi deb biladi. Del Pyero, ayniqsa, o‘z jamoalarini qo‘llab-quvvatlayotgan muxlislarni maqtadi.
«Bu ular uchun aql bovar qilmaydigan ishtiyoq, o‘yinning ajralmas qismi. O‘z navbatida futbolchilar ham turnir maqomidan qat’i nazar, doimo g‘alaba qozonishga harakat qilishadi. Atmosferaning o‘zi yorqin ranglar, qo‘shiqlar bilan ko‘p narsani anglatadi», – deydi Del Pyero.
Del Pyero faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/