Sport kurashlari: Osiyo chempionatida 40 nafar sportchimiz medalli bo‘ldi
Vyetnamda sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida yakuniga yetgan Osiyo chempionatida mamlakatimiz sport kurashi vakillari umumiy hisobda 40 ta medallar shodasini qo‘lga kiritdi.
Qit’a chempionatining so‘nggi kunida U-17 yosh toifasida erkin kurash bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 ta kumush va 3 ta bronza medaliga egalik qildi.
-51 kilogramm og‘irlikda Ulug‘bek Rashidov va -55 kilogrammda gilamga chiqqan Abdumalik Jaloliddinov kumush, -45 kilogramda Mirjalol Mukammilov, -48 kilogrammda Shahobiddin Nurmanov va -60 kilogrammda kurash olib borgan Faxriddin Nasriddinov bronza medallariga musharraf bo‘ldi.
Ikki kunlik bellashuvlar sarhisobiga ko‘ra, 1 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza medallariga sazovor bo‘lgan U-17 yosh toifasidagi erkin kurashchilarimiz umumjamoada 3-o‘rinni band etdi.
Ushbu yosh toifasidagi sportchilarimiz yunon-rum, erkin va ayollar kurashida 5 ta oltin, 7 ta kumush va 12 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/