Uch klub «Liverpul»dan Elliottni sotib olmoqchi
«Liverpul»ning hujumkor yarim himoyachisi Xarvi Elliotga boshqa klublardan hamon qiziqishlar bo‘lib turibdi.
22 yoshli futbolchi «qizillar»ning asosiy tarkibiga kira olmayapti, ammo unga transfer bozorida jiddiy talab bor. Jurnalistlar Lyuis Stil va Neytan Soltning ma’lum qilishicha, ayni damda Elliotga «Brayton,» «Vest Xem» va «RB Leypsig» klublari da’vogarlik qilmoqda. «Liverpul» futbolchining sotuvidan kamida 40 mln funt (47 mln yevro) ishlab olmoqchi va uning Yevropa chempionatida Angliya yoshlar terma jamoasi safida yorqin o‘yin ko‘rsatganini hisobga olsak, futbolchining narxi faqat oshadi.
Xarvi Elliott o‘tgan mavsumda Arne Slot jamoasi safida 28 ta o‘yinda beshta gol va beshta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/