«Yuventus» bosh murabbiyi Tudor «Barselona» futbolchisining transferini ma’qulladi
«Yuventus» o‘z tarkibini «Barselona» markaziy himoyachisi Ronald Arauxo bilan kuchaytirishga umid qilmoqda.
26 yoshli futbolchi yanvar oyida «byankonerilar»ning maqsadlari qatoriga kiritilgandi. Ammo transfer amalga oshmadi va Italiyaga ko‘chib o‘tish o‘rniga urugvaylik futbolchi «blaugrana» bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirdi.
Olti oy o‘tgach, «Yuventus» Arauxoning nomzodiga qaytdi. Turinliklar futbolchini qo‘lga kiritish uchun 30 million yevro tayyorlab qo‘ygan. «Keksa sinyora» bosh murabbiyi Igor Tudor allaqachon «Barsa» markaziy himoyachisini sotib olish g‘oyasini ma’qullagan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/