Ronaldo Anchelottining Braziliyasini maqtadi
Ronaldo Karlo Anchelottining Braziliya terma jamoasiga tayinlangani haqida gapirdi.
Italiyalik mutaxassis may oyida «Selesao»ni qabul qilib olgandi. Ronaldo va Anchelottining yo‘llari avvalroq «Milan»da kesishgan.
«Menimcha, bu juda zo‘r. Men Anchelottini yaxshi bilaman, u bor e’tiborini jamoa tuzishga qaratadi. U futbolchilar bilan munosabatlarda yetakchi bo‘ladi, bahslarda g‘alaba qozonadi va ularning ishonchini qozonish uchun bor tajribasini sarflaydi.
O‘ylaymanki, murabbiy futbolchilar bilan qanday munosabatda bo‘lishni bilishi kerak. Chegaralardan tashqariga chiqish yoki bosimni biroz yumshatish uchun.
U menga Skolarini eslatadi. Felipe jamoa uchun haqiqiy ota edi. Mashg‘ulotlar zerikarli bo‘lishi mumkin edi, lekin hamma uning uchun qurbon bo‘lishga tayyor edi», dedi Braziliya terma jamoasi bilan ikki karra jahon chempioni.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/