«Atalanta»ning ikki nafar futbolchisi A Seriyaning boshqa klubiga o‘tdi

«Kalyari» «Atalanta» hujumchisi Roberto Pikkoli va bergamoliklar yarim himoyachisi Mishel Adoponing transferlarini amalga oshirdi.

Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, 24 yoshli italiyalik forvardning transfer summasi 12 million yevroni, 24 yoshli ivuarlik futbolchining transferi esa 3,8 million yevroni tashkil qilgan. Pikkoli va Adopo 4 yillik shartnoma imzoladi.

Ikkala futbolchi ham «Kalyari»da ijara asosida o‘ynagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter