Suares «Inter Mayami» – «Palmeyras» o‘yinining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Luis Suares klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida «Palmeyras»ga (2:2) qarshi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi.
Urugvaylik futbolchi jamoasining ikkala golida ham ishtirok etdi – uning golli uzatmasi va o‘zi urgan goli bor. Uchrashuvning 16-daqiqasida 38 yoshli faxriy Tadeo Allendega assistentlik qilgan bo‘lsa, 65-daqiqada braziliyaliklar jamoasi himoyasini yorib o‘tib, o‘zi gol urdi.
Guruh bosqichi yakunida ikkala jamoa ham besh ochkodan to‘plagan bo‘lsa-da, yaxshi to‘plar nisbati tufayli «Palmeyras» birinchi bo‘ldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/