«Marsel» marokashlik iqtidorini 12 million yevroga baholamoqda

Azzedin Unaining «Marsel»dagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda.

Footmercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra fransuz klubi 25 yoshli yarim himoyachini ushlab turmaydi va uni yozgi transferlar davrida sotib yuborishga tayyor. Provansalliklar rahbariyati allaqachon narxni belgilab bo‘lgan – 12 million yevro. Agar klub ofisiga bu summaga mos taklif tushmasa, Unai yana kamida bir mavsum jamoada qoladi.

Qayd etish joiz, futbolchining «Marsel» bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter