«Barsa» sobiq hujumchisi «Selta»ga o‘tadi

Ispaniyalik hujumchi Ferran Yutgla 2022 yilda Kataloniyaning «Barselona» klubini tark etib, Belgiyaning «Bryugge» klubiga o‘tgandi. «Ko‘k-anorranglilar»ning asosiy jamoasida futbolchi o‘zini ko‘rsata olmadi, shu sababli futbolchi klubini o‘zgartirdi.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Yutgla Ispaniyaga qaytishga yaqin turibdi, ya’ni Vigoning «Selta» klubiga o‘tishi mumkin.

E’tiborlisi, «Barselona» ushbu transfer amalga oshgan taqdirda, «Bryugge» bilan kelishuvga ko‘ra, sotuv summasining 10 foizi miqdorida bonusga ega bo‘ladi. Ispan resursiga ko‘ra, bonus 200 ming yevroni tashkil etadi.

Ferran Yutgla joriy mavsum Belgiya jamoasi safida 54 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter