«Chelsi» yosh hujumchi transferi ustida ishlamoqda
«Chelsi» «Strasbur» hujumchisi Emmanuel Emega transferi ustida ishlashda davom etmoqda, deya xabar bermoqda insayder Fabrisio Romano.
Manbaga ko‘ra, londonliklar 22 yoshli niderlandiyalik futbolchini keyingi mavsumni fransuzlar safida o‘tkazishni, keyin esa, agar hammasi ko‘ngildagidek ketsa, yozda Londonga olib kelishni rejalashtirmoqda.
Romano Emeganing «Yuventus»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi ma’lumotni tasdiqlamadi.
Eslatib o‘tamiz, «Strasburg» va «Chelsi»ni umumiy xo‘jayin – Todd Boeli boshchiligidagi Amerikaning BlueCo konsorsiumi birlashtiradi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/