«Barselona» daromadlar yaxshi bo‘lsa, braziliyalik himoyachi bilan shartnoma imzolaydi

«Monako» himoyachisi Vanderson «Barselona»ning qiziqishlar doirasiga tushib qoldi.

L’Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli o‘ng qanot futbolchisi kataloniyaliklar tomonidan sotib olinishi mumkin bo‘lgan futbolchi sifatida ko‘rilmoqda, ammo uning transferi to‘g‘ridan-to‘g‘ri klubning transfer daromadlariga bog‘liq. Manbaga ko‘ra, Vanderson «Barselona» rahbariyatining yozgi mavsumdagi asosiy maqsadlari qatoriga kirmaydi, ammo bir nechta futbolchilar ketib, bo‘sh byudjet paydo bo‘lgan taqdirda variantga aylanishi mumkin. Futbolchiga avvalroq «Liverpul» ham qiziqish bildirgan, ular braziliyalik futbolchini Trent Aleksandr-Arnoldga o‘rinbosar sifatida ko‘rayotgandi.

Yakunlangan mavsumda Vanderson «Monako» safida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va sheriklariga 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilning iyunigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 20 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter