«Liverpul» APL tarixida rekord darajadagi transferni amalga oshirdi

«Liverpul» Premyer-liga tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirdi, deb xabar beradi Transfermarkt.

Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Florian Virts 125 million yevro evaziga “Bayer”dan ingliz klubiga o‘tdi. Shu bilan birga, bonuslar evaziga transfer summasi 150 millionga yetishi mumkin.

«Liverpul» Angliya chempionatining transfer rekordini yangiladi. 2023 yilda «Chelsi» yarim himoyachi Enso Fernandes uchun «Benfika»ga 121 million yevro to‘lagan.

Hujumkor yarim himoyachi Leverkuzenliklar jamoasi safida 197 ta o‘yin o‘tkazib, 57 ta gol urdi va 65 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter