Romanyoli operasiya qilindi
O‘tgan mavsum «Lasio» uchun omadsiz keldi, jamoa so‘nggi 8 yil ichida ilk bor yevrokuboklarga chiqa olmadi. Endi klubni Maurisio Sarri boshqaradi va rahbariyat unga jamoani jonlantirish uchun barcha vositalarni taqdim etmoqchi.
Biroq mavsum lazaretdagi noxush xabar bilan boshlanmoqda – Alessio Romanyoli jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga majbur bo‘ldi va endi unga yetarlicha uzoq tiklanish jarayoni kerak bo‘ladi, deb yozadi derbyderbyderby.it.
Biroq, oldingi chempionatning so‘nggi o‘yinida chetlatilganligi sababli, u har qanday holatda ham Italiya oliy ligasi yangi mavsumining birinchi turini o‘tkazib yuborishi kerak bo‘ladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/