Alvares: «Hammasi o‘z qo‘limizda»

«Atletiko» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Xulian Alvares klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichining «Sietl Saunders»ga qarshi ikkinchi o‘yini oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Qolgan ikkita o‘yinda g‘alaba qozonishimiz kerak. Hamma narsa o‘zimizga bog‘liq. Jamoa jiddiy, biz haqiqiy o‘yinimizni ko‘rsatish uchun harakat qilyapmiz. Albatta, yaxshilanishi kerak bo‘lgan jihatlar bor», – dedi Alvares Ole bilan suhbatda.

«Atletiko» 20 iyun kuni «Sietl Saunders» bilan o‘ynaydi. G‘alaba madridliklarga klublar o‘rtasidagi jahon chempionati pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini saqlab qolish imkonini beradi. Avvalroq, «Atletiko» «PSJ»ga qarshi o‘yinda o‘z darvozasidan javobsiz to‘rtta gol o‘tkazib yuborgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter