Mbappe «Real»ning KO‘JCHdagi ikkinchi o‘yinini ham o‘tkazibyuboradi

«Real Madrid» payshanba kuni hujumchi Kilian Mbappening kasalxonaga yotqizilganini e’lon qildi. Fransuz forvardiga o‘tkir gastroyenterit tashxisi qo‘yilgan. Oldinroq Mbappe kasallik tufayli bir necha kun maydonga tusha olmagan va hatto karantinda ham qolgandi.

Kilian klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichining birinchi turida “Al-Hilol”ga qarshi o‘ynamadi. Marca xabariga ko‘ra, Mbappe «Real»ning klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi ikkinchi o‘yinini – 22 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan «Pachuka»ga qarshi o‘yinini albatta o‘tkazib yuboradi. Hujumchi tiklanishga ulgurmasligi aniq.

Eslatib o‘tamiz, «Real» – «Al-Hilol» o‘yini 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan edi. Federiko Valverde yakunda penaltini amalga oshira olmadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter