Kurtua «Real» debyutantlarining o‘yiniga baho berdi

Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida «Al-Hilol»ga qarshi o‘yinda jamoa safida debyut qilgan Trent Aleksandr-Arnold va Din Xyoysenning o‘yini haqida gapirdi.

Bosh murabbiy Xabi Alonso ikkala yangi futbolchini ham asosiy tarkibda maydonga tushirdi. Angliyalik futbolchi 65-daqiqada zaxiraga olindi, ispaniyalik futbolchi esa o‘yin oxiriga qadar harakat qildi. Bahs durang bilan yakunlandi – 1:1.

«Bu Trent va Dinning biz uchun birinchi o‘yini, oson bo‘lmadi. Menimcha, ular yaxshi harakat qilishdi. Agar yechimini kutayotgan qandaydir muammolar bo‘lsa, ularni videolarda o‘rganib chiqamiz,» – deya Kurtuaning so‘zlarini keltiradi Madrid Universal.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter