Fofana uchun APL klublari kurashadi
«Lion» vakili Malik Fofanga «Liverpul» va «Manchester Yunayted» klublari qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq, «Chelsi» 20 yoshli futbolchining ehtimoliy transferi bo‘yicha Fransiya klubiga murojaat qilgani, ammo hali rasmiy taklif bilan chiqmagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
L’Equipe xabariga ko‘ra, vingerga «Manchester Yunayted», «Nottingem Forest» va «Liverpul» klublari ham qiziqish bildirmoqda. «O‘rmonchilar» Fofananing agentlari bilan muzokaralarni boshladi.
Qayd etilishicha, «Lion» Belgiya terma jamoasi futbolchisi uchun kamida 50 mln yevro olmoqchi.
Fofana Liga 1ning o‘tgan mavsumida 29 o‘yinda 5ta gol va 4ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/