«Barselona» Gavi bo‘yicha rejalarini aniqlab oldi
«Barselona» yarim himoyachisi Gavi yaqin kelajakda sotilishi dargumon.
Turli mish-mishlarga qaramay, Kataloniya klubi allaqachon 20 yoshli futbolchini sotish mumkin emas, degan qarorga kelgan, deb xabar beradi Sport. Jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik xavbekka ishonmoqda, futbolchining o‘zi ham bor e’tiborini «Barsa»dagi faoliyatini davom ettirishga qaratgan.
Yanvar oyi oxirida Gavi «ko‘k-anorranglilar» bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolagandi. O‘tgan mavsumda yosh ispaniyalik futbolchi «Barselona»ning barcha musobaqalardagi 42ta o‘yinida qatnashib, 3ta gol urdi va 3ta golga assistentlik qildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/