«RB Leypsig» Openda bo‘yicha qaror qabul qildi
«RB Leypsig» belgiyalik hujumchi Lui Opendani sotishi mumkin, bu haqda insayder Sasha Tavolyerining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qilindi.
Manbaga ko‘ra, 25 yoshli forvard yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirishga tayyor. Germaniyaliklar esa o‘z navbatida futbolchini 60 million yevroga sotishga tayyor.
Belgiyalik 2023 yilda «Leypsig» jamoasi safiga qo‘shildi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2028 yilda tugaydi. Transfermarkt portali ekspertlari uning narxini 50 mln yevroga baholamoqda.
O‘tgan mavsumda Openda 45 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol va 11 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/