Fred APLga qaytishi mumkin

«Fenerbaxche» yarim himoyachisi Fred Santosga Angliyaning «Everton» klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sozcu xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «irislar» 32 yoshli braziliyalik xavbekni kuzatib bormoqda, u avvalroq «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilgan. Transfer joriy yozda amalga oshirilishi mumkin.

2024/25 yilgi mavsumda Fred barcha turnirlarni hisobga olgan holda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fredning «Fenerbaxche» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, yarim himoyachining narxi 12 million yevroni tashkil etadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter