Gattuzoning otasi: «Jennaro Italiya terma jamoasiga tayinlanishga yaqin»
Jennaro Gattuzoning otasi Franko Gattuzo o‘g‘lining Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishi yaqinlashib kelayotganini tasdiqladi.
Oyning boshida 47 yoshli mutaxassis Xorvatiyaning «Xayduk» klubini tark etgandi, endi esa «skuadra adzurra» boshqaruvida Luchano Spalletti o‘rnini egallaydigan ko‘rinadi.
«Rino terma jamoaga murabbiy bo‘lishi mumkin – tasdiqlanish arafasida. Biz hammamiz u uchun juda xursand bo‘lamiz, chunki u bunga loyiq. Agar u jahon chempionatini Italiyaga qaytara olsa, ajoyib bo‘ladi, ammo u hali oldinga qo‘yilgan vazifani uddalay olishini isbotlashi kerak. Unga vaqt berish kerak,» – deya Franko Gattuzoning so‘zlarini keltiradi Football Italia.
Italiya terma jamoasining navbatdagi uchrashuvi 5 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi – unga Estoniya raqiblik qiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/