«Marsel» ingliz iqtidorining transferini kelishib oldi

Jurnalist Fabris Xokinsning xabariga ko‘ra, «Marsel» «Byornli»ning 22 yoshli himoyachisi Egan-Rayli bilan to‘liq kelishuvga erishgan va u 4 yillik shartnoma imzolaydi.

Egan-Rayli shu yozda erkin agentga aylandi. Uning «Byornli» bilan shartnomasi oy oxirida tugaydi. «Strasburg» angliyalikni qo‘lga kiritish uchun favorit bo‘lgandek tuyuldi, ammo “Marsel” fursatdan unumli foydalanib, transferni to‘xtatib qoldi. Ayni damda Angliya U-21 terma jamoasida to‘p tepayotgan himoyachi taqvim imkon bergan zahoti tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Xokinsning so‘zlariga ko‘ra, Egan-Raylining xizmatlariga «Vest Xem Yunayted», «Kristal Pelas», «Milan» va «Portu» ham qiziqish bildirgan.

2024/25 yilgi mavsumda himoyachi “Byornli” safida barcha turnirlar doirasida 43 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter