«Byornli» xo‘jayinlari «Espanyol»ni sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda
ALK Capital investisiya guruhi «Espanyol»ni sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deb xabar beradi Sport.es.
Manbaga ko‘ra, bitim yakunlanish arafasida. Hozirda ispan klubiga xitoylik milliarder Chen Yanshenning Rastar Group kompaniyasi egalik qilmoqda.
Muzokaralar 2025 yil yanvar oyida boshlangan. Klubning taxminiy sotuv summasi 190 million yevro atrofida bo‘ladi. Bitim «Espanyol» direktorlar kengashining 27 iyunda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yig‘ilishida ma’qullanishi mumkin.
ALK Capital «Byornli» aksiyalarining 87 foiziga egalik qiladi.
2024/25 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, «Espanyol» La Ligada 14-o‘rinni egalladi, «Byornli» esa APLga qaytdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/