Pike «Oltin to‘p» sohibini tanladi
«Barselona»ning taniqli sobiq himoyachisi Jerar Pike «Oltin to‘p»ni kimga topshirishi haqida gapirdi.
Ispaniyalikning fikricha, mukofot Lamin Yamalga berilishi kerak, deb xabar beradi Managing Barca. Pike uchun ikkinchi nomzod – yarim himoyachi Pedri, uchinchisi – vinger Rafinya Dias. Uchlikning barchasi «Barselona» sharafini himoya qiladi. Sobiq markaziy himoyachi to‘rtinchi o‘ringa «PSJ»ning portugaliyalik yarim himoyachisi Vitinyani, beshinchi o‘ringa «Real» hujumchisi Kilian Mbappeni, oltinchi o‘ringa esa ko‘pchilik sovrin uchun kurashda favorit deb hisoblayotgan «PSJ» a’zosi Usmon Dembeleni joylashtirdi.
«Oltin to‘p»ni topshirish marosimi sentyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Nomzodlar nomi avgust oyida e’lon qilinadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/