Messi milliy terma jamoa safida 4ta o‘yinda gol ura olmadi

Lionel Messi JCH-2026 saralashida Kolumbiya bilan o‘yinda (1:1) gol ura olmadi va 78-daqiqada almashtirildi.

Shu tariqa, Argentina terma jamoasi forvardining golsiz seriyasi 4 o‘yinga yetdi (bu davrda uning bitta golli uzatmasi bor).

Mayamining 37 yoshli futbolchisi terma jamoa safida oxirgi marta o‘tgan yilning oktyabr oyida Boliviya bilan o‘yinda (6:0) gol urgan edi.

Umuman olganda, JCH-2026 saralash bosqichining 11 o‘yinida Messi hisobida 6 gol va 3 golli uzatma bor.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter