Chili ketma-ket uchinchi jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi
Chili JCH-2026 saralashida Boliviyaga safarda mag‘lub bo‘ldi (0:2).
Shu tariqa, chililiklar final turniriga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘lishdi va ketma-ket uchinchi jahon chempionatini o‘tkazib yuborishadi.
16 uchrashuvdan keyin Chili 10 ochko bilan oxirgi, 10-o‘rinda bormoqda.
Janubiy Amerikaning dastlabki oltita jamoasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jahon chempionatiga yo‘llanma oladi. 7-o‘rinni egallagan jamoa qit’alararo pley-offda o‘ynaydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/