«Milan» va «Komo» Avstraliyada A Seriya o‘yinini o‘tkazishadi
«Milan» va «Komo» Avstraliyada o‘ynaydi.
Sydney Morning Herald nashrining xabar berishicha, jamoalar 8 fevral kuni Pertda A Seriya o‘yinini o‘tkazishadi. Buning sababi «San-Siro»ning Olimpiadaga jalb qilingani.
Ta’kidlanishicha, bu boshqa qit’a u yoqda tursin, boshqa mamlakatdagi birinchi A Seriya darajasidagi o‘yin bo‘ladi.
«Milan» 2024/25 yilgi chempionatda sakkizinchi, «Komo» o‘ninchi o‘rinni egalladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/