Leau uchun yana bir da’vogar paydo bo‘ldi

«Milan» yozda qanot hujumchisi Rafael Leaudan ayrilishi mumkin.

25 yoshli futbolchi jamoani o‘zgartirmoqchi va unga da’vogarlar qatori kundan-kunga kengayib boryapti. Portugaliyalik futbolchi nafaqat Yevropa chempionatlarida talabga ega. Jurnalist Ben Jeykobsning fikricha, Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi Leaoga alohida qiziqish bildirmoqda.

«Milan» 80 million yevrolik takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor, biroq futbolchining o‘zi Yevropani tark etishni xohlayaptimi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas.

O‘tgan mavsumda «Milan»ning hujumkor yetakchisi 50 ta o‘yinda 12 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter