Ronaldu terma jamoalar tarixidagi eng yaxshi to‘purar maqomini mustahkamladi
Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 138-golini urdi.
40 yoshli hujumchi Millatlar Ligasi finalida Ispaniyaga qarshi o‘yinda (2:2, 5:3 penaltilar seriyasi) hisobni tenglashtirdi.
Bu gol Ronalduning Portugaliya safidagi faoliyatidagi 137-goli bo‘ldi. U milliy terma jamoalarda gol urish bo‘yicha rekordchi.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Argentina terma jamoasi safida 112 ta gol urgan Lionel Messi bormoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/