«Fenerbaxche» Vlaxovichga taklif qilayotgan shartnoma shartlari ma’lum bo‘ldi

«Yuventus» Dushan Vlaxovichning transferini ko‘rib chiqmoqda.

Sport Mediaset xabariga ko‘ra, «Fenerbaxche» serbiyalik hujumchi uchun 30 million yevro taklif qilgan. Turin klubi ushbu taklifni jiddiy ko‘rib chiqmoqda.

Turklar futbolchining o‘ziga yiliga 10 million yevro atrofida maosh to‘lashga tayyor.

Qayd etilishicha, «byankonerilar» yangi hujumchi qidirmoqda. Randal Kolo-Muani klublar o‘rtasidagi jahon chempionati davrida jamoada qoladi – «PSJ» bunga rozilik bergan. Shuningdek, «Yuventus»ga parijliklar forvardi Gonsalu Ramush va «Atalanta» vakili Mateo Retegi varianti ham qiziq.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter