«Manchester Yunayted» vinger uchun 65 mln yevro taklif qildi
«Manchester Yunayted» «Brentford» vingeri Brayan Mbeumo uchun birinchi taklifni yubordi.
Taniqli insayder Devid Ornshteynning so‘zlariga ko‘ra, «qizil iblislar» transfer uchun taxminan 53,5 million yevro va bonuslar sifatida deyarli 12 million yevro to‘lashga tayyorligini bildirgan.
«Asalarilar» bu taklifni rad etishdi, chunki ular 25 yoshli futbolchini qimmatroq narxda qadrlashadi. Muzokaralar davom etmoqda.
Brayan Mbeumo joriy mavsumda Angliya Premyer-ligasida 38 ta o‘yinda 20 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani ham amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/