«Galatasaroy» Osimxenni olib qolish uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor
Viktor Osimxen transferi uchun ikki klub kurash olib bormoqda.
Sky Sport jurnalisti Patrik Berger xabariga ko‘ra, «Napoli» hujumchisi ikkita rasmiy taklif olgan – «Galatasaroy» va «Al-Hilol».
Forvard 2024/25 yilgi mavsumda ijara asosida o‘ynagan turk klubi neapolliklarga futbolchi uchun 60-65 million yevro taklif qilishga tayyor. «Galatasaroy» Osimxenga 4 yillik shartnoma asosida yiliga rekord darajadagi 15 million yevro to‘lashga tayyor.
Saudiyaliklar Viktorga mavsumiga «sof» 40 million yevro maosh bilan shartnoma taklif qilishmoqda.
26 yoshli futbolchi yaqin kunlarda kelajagi borasida bir qarorga kelishi kutilmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/