Yamal jamoada yetakchilikni qo‘lga olmoqchi
«Barselona» vingeri Lamin Yamal kecha klub bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirdi.
Iyul oyida 18 ga to‘ladigan vinger Xansi Flikdan keyingi mavsum uchun bir qator so‘rovlarni aytgan:
U tez-tez almashtirilishini istamaydi, ayniqsa uchrashuvlar oxirida, chunki raqiblar charchagan va bu unga gol urish va yaratish imkonini beradi.
U keyingi mavsumdan jarima zarbalari va penaltilarni tepishda jamoadagi asosiy futbolchilardan bo‘lmoqchi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/