«Everton» futbolchisi «Parij»ga yo‘l oladi
«Everton» yarim himoyachisi Idrissa Geye faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Foot Mercato.
Manbaga ko‘ra, 35 yoshli senegallik futbolchiga kelasi mavsum Liga 1da harakat qiladigan «Parij» klubi qiziqish bildirmoqda. Guyening «Everton» bilan shartnomasi kelasi oy nihoyasiga yetadi.
2024/25 yilgi mavsumda Geye 40 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/