Xummels faoliyatidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi
25 may kuni «Roma»ning 36 yoshli himoyachisi Mats Xummels xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi – so‘nggi turda rimliklar «Torino»ni mag‘lub etishdi (2:0).
«Men hali ham nimani his qilayotganimni aniq bilmayman – quvonch, qayg‘u, his-tuyg‘ular dengizi. Mavsumdagi qiyinchiliklarga qaramay, Yevropa Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritganimizdan juda mamnunman. Bu men uchun qiyin startdan so‘ng munosib yakun bo‘ldi,» – deya tan oldi Xummels DAZN bilan suhbatda.
2024/25 yilgi mavsumda germaniyalik himoyachi «Roma» safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi. U faoliyatini mavsum oxirida yakunlashga qaror qilganini aprel oyida e’lon qilgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/